Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"TALABAGA BAG'ISHLOV" - 2024

Shahrisabz davlat pedagogika institutiga "Talabalik - bebaho davr" shiori ostida talabalikka bag‘ishlov bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Institut rektori Sherzod Nematov ochib berdi. U o‘z nutqida zamonaviy ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib, barcha yangi talabalarga ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladi. Barcha talabalikka qabul qilinganlarni ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanib vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini tilab qoldi. Tadbir avvalida Institutga eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Shundan so‘ng, talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni o‘z muddatida bajarish va o‘quv mashg‘ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, Institut ichki qoidalariga rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblash kabi so‘zlar bilan tantanali ravishda qasamyod qildilar. hamda sifatli ta’lim muhitini rivojlantirish jarayonlariga o‘z hissalarini qo‘shishdek mas’uliyatli burchlarini alohida ta’kidlab, qasamyod qabul qildilar.

Institut talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy qism bilan davom etgan tadbir, kuy qo‘shiq va raqslar talabalar hayotida unutilmas lahzalarga aylandi.

Foydali sahifalar