Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

FAVQULOTDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH VA ULARNI BARTARAF ETISH

Bugun 19-sentabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida  favqulotda vaziyatlarni oldini olish maqsadida seminar tashkil etildi.  Ushbu seminarda Qashqadaryo viloyati FV boshqarmasi markaz boshligʻi mayor Abror Vasiyev,  Qashqadaryo viloyati FV boshqarmasi markaz xodimi Orif Chulliyev, Qashqadaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Zafar Berdiqulovlar ishtirok etdi. Mas'ullar tomonidan Institut  professor oʻqituvchilari va ishchi xodimlariga bino va inshootlarning zilzila bardoshligini oshirish hamda seysmik xavfini monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2024-yildagi 161-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

Shuningdek, bino-inshootlarning seysmik holati, zilzila sodir boʻlganda harakatlanish, xavfsiz hududlar va boshqa holatlar boʻyicha umumiy tushunchalar berib oʻtdilar. Yigʻilish yakunida mavzuga oid videorolik namoyish etildi. 

Foydali sahifalar