BIZ BIR BO'LSAK - YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK - VATANMIZ!
Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!" shiori ostida "Mustaqillik darslari" davom etmoqda. Bugungi darsda Institut rektori Sh.Nematov, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi A. Yangiyev hamda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Shahrisabz davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkilot yetakchisi M. Jo'raqulova birinchi bosqich talabalari bilan uchrashishdi. Mustaqillik darsi davomida, mamlakatimizning istiqlol yillaridagi taraqqiyot yo‘li, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ahamiyati, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarda erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Yoshlar Ittifoqi tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qaroriga asosan Yoshlar Ittifoqining faol sardori Dilnura Fayzullayeva davlat grandi asosida Shahrisabz davlat pedagogika institutiga o‘qishga qabul qilindi va unga tantanali ravishda imtiyoz sertifikati topshirildi.
Foydali sahifalar