Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“SAN’ATSHUNOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

Bugun, 5-oktyabr kuni, Shahrisabz davlat pedagogika institutining Ijtimoiy fanlar fakultetida “San’atshunoslik fanlarini o‘qitishda muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda san’atshunoslik fanlari bilan shug‘ullanayotgan xorijiy davlat mutaxassislari zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.  

Tadbir davomida san’atshunoslik fanlarining o‘quv jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va ularni hal qilish yo‘llari haqida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni san’atshunoslik ta’limiga tatbiq etish, innovatsion yondashuvlar orqali dars samaradorligini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada respublikaning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar taqdim etildi, ularning 7 dan ortig‘i xalqaro mutaxassis va olimlar tomonidan yozilgan.

Anjumanda ta'kidlangan yana bir muhim jihat - san’atshunoslik fanlarida nazariy va amaliy bilimlarni muvozanatli o‘qitishning zarurligi bo‘ldi. So‘zga chiqqan mutaxassislar o‘quv dasturlarini zamonaviylikka moslashtirish, talabalarga san’at tarixi va estetik qadriyatlarni chuqurroq o‘rgatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdilar. Shuningdek, anjuman jarayonida yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Konferensiya shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirildi. Muhokama etilgan har bir masala yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. 

Foydali sahifalar