HUNARMAND TADBIRKORLAR TOMONIDAN SEMINAR-TRENING O'TKAZILDI
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish yoshlarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning tadbirkorlikka qiziqishini uyg'otish maqsadida ko'plab tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Shahrisabz davlat pedagogika institutida USAID ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo'yicha loyihasi doirasida Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i N.Qudratov va Qashqadaryo viloyat hunarmandchilik boshqarmasi bilan hamkorlikda "Hunarmandchilik - tadbirkorlik uchun qadam" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Dastlab yig'ilganlarga Shahrisabz shahar Hunarmandchilik markazi rahbari G.Choriyeva boshchiligida tashrif buyurgan hunarmandlar tomonidan hunarmandchilik, uni rivojlantirish, tijoratlashtirish va onlayn sotish borasida muhim tushunchalar berib o'tildi. Bugungi kunda o'zining kichik tadbirkorligini olib borayotgan yoshlarning tadbirkorligi yanada rivojlanishi uchun kerakli tavsilar berildi. Hunarmandlar tomonidan kashta to'qish, gilam to'qish va munchoqlardan turli ko'rinishda bezaklar yasash jarayonlaridan master klass o'tib berildi.
Tashkil etilgan seminarda qo‘l mehnatiga asoslangan so‘zana, kiyim-bosh, gilam, sumkalar, bezak uchun tillaqoshlar kabi o‘z davrining hayot tarzi haqida hikoya qiluvchi ashyolarning ko'rgazmasi ham tashkil etildi..
Foydali sahifalar