Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

INSTITUTDA O'ZBEKISTONDA XIZMAT KO'RSATGAN XALQ TA'LIMI XODIMI SHAROFJON ORIFIYNING 100 YILLIGI KENG NISHONLANDI

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida shoir, olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Sharofjon Orifiyning 100 yilligi keng nishonlandi. Tadbirga Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, Institut rektori Sherzod Nematov, respublikamizning taniqli shoirlari, jamoat arboblari, shoirning yaqin qarindoshlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.  

Tadbir tantanavor suratda, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning shoirning yubileyiga bag‘ishlangan samimiy tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Mazkur tabrik so‘zlarini yig‘ilganlarga Sh.Bo‘riyev iftixor bilan o‘qib eshittirdi. Ushbu tadbirda shoir Sharofjon Orifiyning hayoti va ijodi, uning ibratli faoliyati, yozgan asarlaridagi ma’naviy teranlik haqida qimmatli fikrlar bildirildi.

Institutning ijodkor talabalari tomonidan shoirning she’rlari ifodali tarzda yoddan aytildi. Ushbu she’rlar zalga yig‘ilgan barcha mehmonlar qalbida samimiy hissiyotlar uyg‘otib, shoirning so‘z san’atidagi mahoratini yana bir bor yuksak darajada namoyon qildi. Badiiy kechaning yana bir yorqin lahzasi esa Sharofjon Orifiyning shogirdlari tomonidan nashr etilgan “Shahrisabzning orif farzandi” nomli kitobning taqdimoti bo‘ldi. Bu kitobda shoirning hayoti, ijodi va uning shogirdlarining iliq xotiralari o‘z aksini topgan bo‘lib, u Sharofjon Orifiyning boy ma’naviy merosini yangi avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida mehmonlarga institut tomonidan esdalik sifatida maxsus tayyorlangan tashakkurnomalar va ularning suratlari aks etgan portretlar tantanavor tarzda topshirildi. Uning ijodiy merosi hali uzoq yillar davomida shoirga bo‘lgan mehr-muhabbat va ehtirom sifatida yashashda davom etishi aniq. 

 

Foydali sahifalar