Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"KORRUPSIYA - KELAJAKKA TAHDID" MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR

Bugun, 17-sentabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Korrupsiya - kelajakka tahdid"  mavzusida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Shahrisabz shahar prokuror o'rinbosari Sh.Nurmatov, IIB HPB boshlig'i podpolkovnik N.Salimov, Shahrisabz shahar Adliya bo'lim boshlig'i J.Norovlar korrupsiyaga qarshi kurashishni samarali tashkil etish hamda korrupsion xavf-xatarlarni  oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumotlar berishdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, uning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi zararli oqibatlari haqida batafsil ma'lumot oldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning davlat boshqaruvi tizimidagi halokatli oqibatlarini tilga olib, qonuniy mexanizmlarning mustahkamlanishi va korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish muhimligini ta'kidladi.  Shuningdek, korrupsion holatlar bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni oldini olishda davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi. 

 
 

Foydali sahifalar