Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

KELAJAK AVLOD UCHUN: INSON KAPITALI VA SUN'IY INTELLEKT ILMIY MAKTABINING OCHILISHI

Bugun Chiroqchi tumanidagi 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi huzurida akademik Qalandar Abdurahmonov tashabbusi bilan barpo etilgan "Inson kapitali va sunʼiy intellekt" ilmiy maktabining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Nematov ham ishtirok etdi. Yangi maktabning ochilish marosimida so‘z olgan institut rektori o‘z dil izhorlarini bildirib, ushbu maktabning tashkil etilishi yurtimiz ta’lim tizimida muhim qadamlardan biri ekanligini ta'kidladi. Rektor o‘z nutqida: “Bugungi kunda ta'limga berilayotgan imkoniyatlar, yoshlar uchun yaratilayotgan shart sharoitlar havas qilarli darajada. Yoshlarimizning innovatsion fikrlashi va texnologik bilimlarini rivojlantirish – bu bizning ustuvor maqsadlarimizdan biridir. Ushbu maktab kelajak avlodga yangi imkoniyatlar ochib berib, ularga zamonaviy bilimlar va ko'nikmalarni egallashda muhim o‘rin tutadi. Men ishonamanki, bu yerda o‘qigan o‘quvchilar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham o‘z salohiyatlarini namoyon etib, yuksak marralarga erishadilar,” — deya ta'kidladi.

Mazkur o‘quv maskani umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, iqtidorli o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Foydali sahifalar