Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

2025-yil uchun  Oliy ta’limdan keyingi ta’lim stajyor-tadqiqotchilik hamda, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq, Shahrisabz davlat pedagogika institutiga 2025-yil  uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim  stajyor-tadqiqotchilik hamda , tayanch doktorantura va doktoranturaga Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. 

Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi(daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. 

Talabgorlar Shahrisabz davlat pedagogika institutida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z hujjatlarini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha:
- tayanch doktorantura PhD - 3 ta
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha:
- tayanch doktorantura PhD - 3 ta
07.00.01 - O'zbekiston tarixi ixtisosligi bo'yicha:
- tayanch doktorantura PhD -3 ta
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha:
- tayanch doktorantura PhD - 3 ta
-doktorantura DSc -1 ta
13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(sohalari bo'yicha): ixtisosligi bo'yicha:
-tayanch doktorantura PhD - 4 ta

Qabul bo'yicha to'liq ma'lumot olish hamda tan olingan xorijiy til sertifikatlarini haqiqiy ekanligini tekshirish uchun: https://shdpi.uz/oz/malumotlar/if1671194708

Foydali sahifalar