Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

TALABALAR AMALIYOTDA

Shahrisabz davlat pedagogika institutining Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-23 guruh talabalari Shahrisabz shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktab ta’lim maktabida 4+2 dasturi asosida amaliyot o‘tab kelishmoqda. Bugungi amaliyotda ushbu guruh talabalari maktab o‘quvchilariga "Present Continuous", "Possessions" hamda "Family" mavzusida ochiq mashg‘ulot tashkil etdilar. 

Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, ularga ingliz tilida ushbu zamon nomlashini o‘rgatish va ta’limiy o‘yinlar orqali mavzuni mustahkamlash mashqlarini bajarishdi. Bundan tashqari talabalar o‘quvchilarga hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq o‘yinlar ham o‘ynatib darsni qizg‘in kechishini ta’minlashdi.

Ochiq dars so‘ngida amaliyot rahbari Z. Islomova tomonidan talabalarga metodik tavsiyalar berildi.

 

 

Foydali sahifalar