Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

 

 

RTTM  boshlig'i

Muhammadiyev Shahboz Bo'ron o'g'li

Telefon nomer : +998904421775

E-mail : shmuhammadiyev1994@gmail.com

Qabul kunlari : Seshanba – Payshanba (14:00-16:00)

 

 

 

 

BO‘LIMNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

              Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- SHDPI axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida:

 - SHDPI axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ma’lumotlarini saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlar majmuini yaratish.

- SHDPI  axborot tizimlari va resurslarining axborot-texnologiyalari bo‘yicha o’zaro munosabatlarini ta’minlash, ma’lumotlar bazalarini yaratishni ta’minlovchi infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish;

- barcha bo‘limlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini meyoriy-hujjatlar, texnologik va axborot-tahlil ma’lumotlar bilan ta’minlash;

- idoraviy axborot resurslari va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish;

- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘limlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish;

- SHDPI axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, o‘quv mashg‘ulot jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimlarni joriy etish sohasida:

- SHDPI  rasmiy Web-saytini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;

- SHDPI zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy maxsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalardan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalardan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;

- SHDPI xarajatlar smetalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, o‘quv mashg‘ulot jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlarni joriy etish va rivojlantirish, bo‘lim xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- SHDPI axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;

- SHDPI korporativ tarmog‘ini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy vositalarini, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratishni amalga oshirish;

- SHDPI Web-resurlarini ma’lumotlar bilan to‘ldirish va tarkibini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish.

 - Masofaviy ta’lim jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib o‘qitish, mustaqil bilim olishlariga ko‘maklashish va tegishli shart-sharoitlar yaratish sohasida;

- SHDPI rahbar va mutaxassislarini masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hujjatlarini rasmiylashtirish, ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini tuzishda qatnashish;

- SHDPI xodimlarini masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘quv jarayonini tashkil qilish;

- SHDPI xodimlarini masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish monitoringini olib borish.

 

Foydali sahifalar